Neymar PSJ rahbariyatiga Luis Enrike jamoa bosh murabbiyi bo'lishi kerakligini aytdi

Aslanov Jasurbek
21 mar 2018, 14:40
PSJ hujumchisi Neymar klub rahbariyatiga jamoa bosh murabbiyi vazifasida Luis Enrikeni ko'rmoqchiligini aytdi.

Parij klubi prezidenti Nosir Al-Helayfi forvard bilan muzokara o'tkazdi.

Tomonlar o'rtasida jamoaning yangi bosh murabbiyi muhokama qilindi. Nomzodlar orasida Antonio Konte va Luis Enrike bor edi.

Braziliyalik Enrike PSJni boshqarishini istamoqda. O'tgan mavsum oxirida mutaxassis "Barselona"ni tark etgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Paris United