Neymar PSJ bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortdi

10 mar 2020, 08:25
Braziliyalik futbolchi Parijda qolmoqchi emas.

PSJ Neymarga yangi shartnoma taklif qildi, biroq futbolchi bu taklif nisbatan rad javobini berdi. Neymar PSJda qolmoqchi emas va u yozgi transferlar vaqtida “Barselona”ga qaytish uchun bor imkoniyatini ishga solish niyatida. Shuningdek, futbolchining ayni damda klub rahbariyati bilan aloqalari ko'ngildagidek emas.

Neymar joriy mavsum Liga 1 ning 15 ta o'yinida qatnashib, 13 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: SPORT