

Yaqin vaqtlarda 25 yoshli futbolchi o'zining kelajagi borasida o'ylab olish uchun Braziliyaga ketadi.
Hozircha Neymar vataniga ketishdan oldin Barselonaga borishi aniq emas. Ertaga "Barselona" klub bazasida mashg'ulotlarga kirishadi.
Neymarning otasi kecha Barselonaga qaytdi. Shu sabab, Neymar ham Kataloniyaga borishi mumkin.
Neymar 222 million evro evaziga PSJga o'tishi mumkin. Oxirgi ma'lumotlarga ko'ra, o'yinchi dam olish kunlari Parijda tibbiy ko'rikdan o'tadi va dushanba kuni yangi klubi bilan shartnoma imzolaydi.




