Neymar kechirim so'rasagina "Barselona" uni qaytarishi mumkin

Mirjalol Normatov
28 avg 2018, 21:12
"Barselona" rahbariyati bir shart bilan Neymarni PSJdan qaytarib olishi mumkin.

Unga ko'ra, Neymar bir vaqtlar maoshining bir qismini to'lamagani sababli "Barselona" bilan sudlashgani uchun xalqning oldida kechirim so'rashi kerak. Bu ma'lumotni "Mundo Deportivo" taqdim qildi.

Neymar kecha "Barselona" bazasiga borib, sobiq sheriklari bilan gaplashgan va shu vaqtda rahbariyat unga shuni ma'lum qilgan.

Ayni damda Neymarning xizmatlariga "Real" ham qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo