Neymar jarohati sabab Venesuela va Urugvayga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi

Alisher
13 noya 2020, 14:01
Forvard Neymar Braziliya bilan JCH-2022 saralashi doirasidagi Venesuela va Urugvay terma jamolariga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi.

PSJ o'yinchisi Chempionlar Ligasi doirasidagi "Istanbul"ga qarshi o'yinda mushaklaridan jarohat olgan edi va boshida uning Urugvayga qarshi o'yinda ishtirok etishiga umid bor edi.

Ammo, o'yinchining terma jamoa bilan bo'lajak o'yinlargacha tiklana olmasligi ma'lum bo'ldi.

Braziliya shanba kuni Venesuela bilan, chorshanba kuni esa Urugvay bilan o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: globoesporte.globo.com