PSJ hujumchisi Neymar hujumdagi sherigi Edinson Kavanining Fransiya chempionati doirasida "Lion" (2:0)ga qarshi o'yindagi harakatidan norozi.
O'shanda Kavani penaltini Neymarga bermasdan o'zi amalga oshirgan va gol ura olmagan edi. "Get French Football"ning xabar berishicha, dushanba kuni braziliyalik futbolchi Instagram tarmog'ida Kavanini o'qishni to'xtatdi.