Neymar: "Bir o'yin tanaffusida yig'laganman, o'shanda meni Messi qo'llagan"

Aslanov Jasurbek
16 apr 2018
PSJ hujumchisi Neymar "Barselona"da o'ynagan paytlari uni Lionel Messi qo'llab-quvvatlagani haqida aytib berdi.

"Bir o'yin tanaffusida Messi yig'layotganimni ko'rib qolgan. Birinchi bo'limda hech narsa o'xshamadi, alamda edim.

Leo yonimga kelib, shunday dedi: "O'z o'yiningni ko'rsat va hech narsadan qo'rqma".

Bunday ko'p yulduzlar safida o'zimni ezilgandek his qildim. Biroz uyalganman ham.

Biroq Messi bilan suhbatdan so'ng o'zimni bosib oldim va kuchimga ishona boshladim. O'shandan so'ng do'stligimiz boshlandi" - deydi Neymar.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Globo Esporte