

50 kishilik ro'yxat va so'nggi imkoniyat:
UOL nashrining xabar berishicha, 34 yoshli hujumchi ayni paytda 50 dan ortiq futbolchi joy olgan kengaytirilgan ro'yxatga kiritilgan.
Manbaning takidlashicha, Neymar 11 mart kuni "Mirassol"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi. Shu sababli, milliy jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelottini Fransiya va Xorvatiya terma jamoalariga qarshi kechadigan bahslarga o'zini chaqirishga ishontirish uchun unda faqat bitta real imkoniyat - "Korintians"ga qarshi o'yin qoladi.
Anchelotti bilan uchrashuv:
Shunga qaramay, italiyalik mutaxassis baribir "Santos"ning navbatdagi uchrashuviga tashrif buyurishi va u yerda Neymar bilan yuzma-yuz suhbatlashishi rejalashtirilgan.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" va "PSJ" klublarining sobiq yulduzi Braziliya terma jamoasi libosida so'nggi bor 2023 yilning oktyabr oyida maydonga tushgan edi.


