Nevill: "Reshford menga Nevillni eslatib yubordi"

Sherzod Nurmatov
31 okt 2022, 16:43
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Gari Nevill Markus Reshfordning golini yuqori baholadi.

Angliyalik futbolchi MYU safidagi 100-golini urdi va jamoasiga "Vest Xem" ustidan g'alaba keltirdi (1:0).

24 yoshli futbolchining boshi bilan yo'llagan zarbasini Nevill quyidagicha izohladi:

"Reshfordning bunday gol urishini tez-tez ko'rmaysiz. Mashg'ulotlarda u ushbu komponentda dunyoning eng yaxshi o'yinchilaridan biri Ronaldu buni qanday bajarayotganini ko'radi. Bu haqiqatan ham Krishtianuga o'xshardi", – dedi sobiq himoyachi.

"Vest Xem" ustidan qozonilgan g'alaba "Manchester Yunayted"ga APL turnir jadvalida beshinchi o'ringa ko'tarilish imkonini berdi.

Bugun tug'ilgan kunini nishonlayotgan Reshford o'tgan mavsumda psixologik muammolarga duch kelganini ta'kidladi

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail