Nevill: "MYUda begona o'tlar bor, ulardan qutilish kerak"

Aslanov Jasurbek
22 apr 2019, 10:39
"Manchester Yunayted" sobiq sardori Gari Nevill "Everton"dan uchralgan yirik mag'lubiyatdan (0:4) so'ng, "qizil iblislar"ni tanqid qildi.

"Oldin ham aytganman, klubda begona o'tlar bo'lsa, ulardan qutilish kerak. MYUda klubga halaqit qilayotgan va fundamentni buzayotgan begona o'tlar mavjud, bu masalani hal qilish lozim.

Iqtidor haqida unuting. Agar  kimdir bor kuchi bilan harakat qilmayotgan bo'lsa undan qutiling. Har hafta o'z klubi uchun jon berayotgan "Manchester Siti" va "Liverpul" futbolchilarini ko'raman. Keyin MYUga qarayman, o'yinchilar maydonda sayr qilishmoqda. Gap ular mag'lub bo'lganida emas.

Sulsher bu futbolchilarni qancha ko'p kuzatsa, ularga bo'lgan ishonchi shuncha kamayadi" - deydi Nevill.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph