Nevill: "Manchester Yunayted"da faqatgina bir nafar dunyo toifasidagi futbolchi bor"

Mirjalol Normatov
22 iyun 2020, 19:57
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Gari Nevill yarim himoyachi Pol Pogba haqida gapirdi.

"Agarda Pogba bor e'tiborini "Manchester Yunayted"ga qaratsa, shak-shubhasiz u buyuk futbolchilardan biriga aylana oladi. Uning to'p uzatishlari va gollari doimo foydali bo'lib kelgan. So'nggi mavsumlarda unda bu borada barcha ishlar joyida.

U Yevropada o'z poziciyasidagi barcha futbolchilardan kuchli. Hozirda qitadagi klublar inqiroz sababli bir futbolchi uchun 80, 90, 100 millionlab mablag' sarflay olishmaydi. Umid qilamanki, Pogba "Manchester Yunayted"da qoladi.

Doimo u o'z bo'yniga oladigan vazifalar haqida gapiraman. Shu sababli uning "Manchester Yunayted"dagi o'yinini tanqid qilmayman. Hozirda faqatgina Pogba "Yunayted"da dunyo saviyasidagi futbolchi hisoblanadi. Ikki yil oldin bunday futbolchi sifatida David de Xeani etirof etgandim", - dedi Nevill.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports