Nevill: "Keyn bilan aniq nimadir joyida emas"

Alisher
27 sen 2021
Angliyalik ekspert Gari Nevill "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keynning London derbisidagi ishtiroki haqida gapirdi.

Xarri Keyn 2015 yildan beri ilk bor chempionatdagi dastlabki 5ta o'yinda gol urmagan holda, mavsumni muvaffaqiyatsiz boshladi.

"Ikkinchi taymda Xarri ikki yoki uchta gol urishi kerak edi. U penalti ishlashi mumkin edi. Ammo, Keyn bilan aniq nimadir joyida emas. U mamnun ko'rinmayapti", - deydi Gari Nevill.

Eslatib o'tamiz, Keyn yozda "Manchester Siti"ga o'tishga yaqin edi, ammo "shporlar" uni qo'yib yubormadi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports