Nevill "Everton" bosh murabbiyi bo'lishga tayyor

Aslanov Jasurbek
24 okt 2017, 18:45
"Everton" sobiq sardori Fil Nevill mersisaydlar klubida bosh murabbiy o'rnini egallashga tayyor.

Nevill futbolchi sifatida "irislar" safida 250ta uchrashuv o'tkazgan, faoliyatini yakunlaganidan so'ng "Valensiya"da bosh murabbiy yordamchisi sifatida ishladi.

Oldinroq, "Everton" Ronald Kuman jamoani tark etgani haqida e'lon qilgan edi. 54 yoshli mutaxassis "irislar" bilan 2016 yildan beri ishlab kelayotgandi. Joriy mavsum "Everton" Kuman qo'l ostida Premer-liga jadvalining 18-o'rniga tushib ketdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC