"Inter Mayami"ni "Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi boshqarishi mumkin

Mirjalol Normatov
6 yanv 2021, 22:56
Angliya ayollar termasi bosh murabbiyi Fil Nevill ish joyini o'zgartirishi mumkin.

"The Telegraph"ning yozishicha, u "Manchester Yunayted"dagi sobiq jamoadoshi Devid Bekxem ochgan "Inter Mayami" bosh murabbiyi bo'lishga yaqin turibdi.

Qayd etilishicha, ayni damda Angliyadagilar ayollar termasini Olimpiada o'yinlariga tayyorlash uchun murabbiy izlashni boshlab yuborgan.

Oldinroq "Inter Mayami" tarkibiga Leo Messi hamda Luis Suaresni qo'shib olishni niyat qilayotgani borasida ma'lumotlar tarqagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Telegraph