Neres: "Ten Xag menga sochimdan shikoyat qildi"

23 avg 2019, 19:20
"Ayaks" hujumchisi David Neres murabbiy Erik ten Xag bilan bo'lgan kichik suhbatni aytib berdi.

"Erik ten Xag ("Ayaks" ustozi) menga sochimdan shikoyat qilganidan keyin, unga o'zinigizni soch-turmakka e'tibor bering. Men o'zimnikini parvarishlayman, dedim. Shu suhbatdan so'ng keyingi ikki o'yinda zaxirada o'tirdim", - deydi Neres.

22 yoshli braziliyalik forvard o'tgan mavsum "Ayaks" safida 29 ta o'yinda 8 ta gol va 10 ta assist qayd etdi. Joriy mavsumda esa hozirga qadar 3 ta uchrashuv o'tkazdi (1 ta gol). Bu mavsumda u har bir o'yinda o'rtacha 39 daqiqa harakat qilmoqda. 

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia