"Ayaks" futbolchisi David Neres "Shaxtyor"ga o'tdi

Alisher
14 yanv 2022
Braziliyalik forvard David Neres "Ayaks"dan Doneckning "Shaxtyor" jamoasiga o'tdi.

Bu haqda Niderlandiya klubi matbuot xizmati xabar bermoqda. "Konchilar" 24 yoshli hujumchi uchun 12 million evro to'lashdi. Bonus sifatida yana 4 million evro ko'zda tutilgan.

Neres "Ayaks"ga 2017 yilda "San-Paulu"dan o'tgan edi. U joriy mavsum Niderlaniya chempionati doirasidagi 15ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assist qayd etdi.

Hujumchi Braziliya terma jamoasida 7ta o'yin o'tkazgan.


AlisherMuallif
Manba: ajax.nl