Nematillo Quttiboev: "Paxtakor" o'yinchisining qizil kartochkasi uchrashuvga ta’sir ko'rsatdi"

Administrator
3 iyun 2023, 21:40
O'zbekiston kubogi uchinchi turidan o'rin olgan "Aral" – "Paxtakor" (2:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Nematullo Quttiboev matbuot anjumanida qatnashdi.


O'yin haqida

- Birinchi navbatda "Aral" jamoasining muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman. O'yinga kelsak, "Paxtakor" asosiy tarkibi bilan o'ynamagan bo'lsa ham baribir kuchli hisoblanadi. Mamlakatimiz bayroqdori. "Paxtakor" o'yinchisining qizil kartochkasi uchrashuvga ta’sir ko'rsatdi. Yigitlarga rahmat aytaman.

- "Paxtakor"dagi qaysi o'yinchini ajratib ko'rsatardingiz?

- Aynan bir o'yinchini ajrata olmayman. "Paxtakor" jamoaviy yaxshi o'yin ko'rsatdi. 10 kishi bo'lib qolgan bo'lsa ham ular pressing qilishdi. Ulardagi hamma o'yinchi yaxshi o'ynadi.

- Bir necha uchrashuvdan beri gol urishda "Aral" muammolarga duch kelayotgandi. Bu o'yinda barchasi yaxshi kechdi...

- Ha, biz ham shunday fikrdamiz. Yigitlar gol urolmayotgani sababli mag'lubiyatga uchratmoqdamiz. Bugungi o'yinda birinchi bo'lib gol urdik va qarshi hujumda ikkinchi golni kiritdik.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia