Negredo Dubayda tibbiy ko'rikdan o'tadi

Aslanov Jasurbek
17 sen 2018
"Beshiktosh" hujumchisi Alvaro Negredo BAAning "Al-Nasr" klubiga o'tishga yaqin.

33 yoshli ispaniyalik arab klubida tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Dubayga yetib keldi.

"Men "Beshiktosh" va Istanbulni yaxshi ko'raman, ammo bazida futbolda qiyin vaziyatlar bo'ladi. Afsus, ketyapman" - deydi Negredo.

Oldinroq, "Al-Nasr" Negredoga yillik maoshi 7 mln evro bo'lgan bitim taklif qilishga tayyorligi e'lon qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fotomac