"Manchester Siti" sobiq hujumchisi faoliyatini yakunladi

Sherzod Nurmatov
7 mar 2025, 12:42
Hujumchi Alvaro Negredo faoliyatini tugatganini e'lon qildi.

Ispaniyalik futbolchi 39 yoshida butsalarini mixga ilish qaroriga keldi.

Negredo "Sevilya", "Manchester Siti", "Valensiya", "Beshiktosh", "Kadis", "Almeriya" va "Midlsbro" klublarida to'p tepgan. Forvard faoliyatidagi so'nggi klub “Valyadolid” bo'ldi.

U 2013/14 yilgi mavsum "Manchester Siti" tarkibida Angliya chempioni bo'lgan va Liga Kubogini qo'lga kiritgan. Ispaniya terma jamoasi safida esa 21 o'yin o'tkazib, 10 ta gol urgan va 2012 yilgi Yevropa chempioniga aylangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Manchester City News