"Neftchi" Serbiya jamoasi bilan durang o'ynadi, Tabatadzedan gol

Sherzod Nurmatov
24 yanv 2025
Turkiyaning Antalya shahrida yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan jamoa bugun ikkita o'rtoqlik bahsida ishtirok etishi ko'zda tutilgandi.

Kunning birinchi qismidagi raqib Serbiya Superligasining yangi vakili Belgradning IMT klubi bo'ldi. Unda "Neftchi" raqib bilan murosa ko'chasini tanladi – 1:1. Farg'onaliklarning goliga hujumchi Toma Tabatadze mualliflik qildi.

"Neftchi" – IMT 1:1

"Neftchi": , 45.Akbar To'raev, 6.Ko'rikdagi futbolchi, 14.Jamshid Boltaboev, 17.Muhammadali G'iyosov, 22.Toma Tabatadze, 24.G'ulomhaydar Gulyamov, 30.Quvondiq Ro'ziev, 33.Shoxruh Yoqubjonov, 41.Ko'rikdagi futbolchi, 60.Muhammadziyo Adhamjonov, 66.Doniyor Valiev.

Zaxira: 25.Eldor Suyunov, 5.Ikrom Aliboev, 7.Abror Ismoilov, 8.Vladimir Yovovich, 9.Shohruh Gadoev, 20.Anvar G'ofurov, 21.Muhsin Ubaydullaev, 32.Zoran Marushich, 77.Bilolxon Toshmirzaev.

Rejaga muvofiq soat 18:30 da jamoa ikkinchi bahsni Shimoliy Makedoniyaning "Sileks" klubiga qarshi o'tkazadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia