"Neftchi" – "Qo'qon-1912" bahsidagi penalti to'g'ri belgilangan - O'FA Hakamlar bo'limi

Sherzod Nurmatov
3 mar 2022, 18:36
Coca-Cola Superligasining 1-turidan o'rin olgan "Neftchi" – "Qo'qon-1912" (1:0) uchrashuvining 86-daqiqasidagi vaziyat O'FA Hakamlar bo'limi mutaxassislari va boshqa ekspertlar tomonidan o'rganib chiqildi.

Unga ko'ra, VAR tomonidan "Qo'qon-1912" darvozasi tomon belgilangan penaltiga sabab bo'lgan vaziyatda himoyachi tashabbusi bilan yaqqol "kontakt" bo'lgan deb topildi. 

"Qo'qon-1912" himoyachisi (Ivan Yosovich – tahr.) o'z yo'nalishini o'zgartirgani sabab uning chap tizzasi hujumchi (Aleksandr Eshich – tahr)ning o'ng oyog'iga tekkan. O'yin qoidalariga muvofiq bunday vaziyat qoidabuzarlik hisoblanadi. Shu bois penalti to'g'ri belgilandi, degan xulosa chiqarildi", – deyiladi O'FA xabarida.



O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати