

Unda bo'lajak bahsdagi tashkiliy masalalar borasida so'z bordi. Yig'ilishni “Neftchi” – AGMK uchrashuvining komissari A.Frolov olib bordi. Shuningdek, o'yinda jamoalar qaysi rangdagi liboslarda maydonga tushishlari ham ma'lum qilindi. Demak bugun “Neftchi” qizil-ko'k rangli sport formalaridan foydalansa, olmaliqliklar sariq rangdagi liboslarda maydonga tushishadi.
Eslatib o'tamiz, uchrashuv bugun “Istiqlol” stadionida soat 18:00da start oladi.




