

Farg'ona jamoasi "Nasaf"ning qanot himoyachisi Zafarmurod Abdirahmatovga qiziqish bildirmoqda. Agar tomonlar o'zaro kelishuvga erishsa, himoyachi yangi mavsumni O'zbekistonning amaldagi chempionlari safida davom ettiradi.
Avvalroq, "Neftchi" "Nasaf" yetakchilaridan biri Abduvohid Ne'matovga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Eslatib o'tamiz, 22 yoshli himoyachining "Nasaf" bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilning so'nggiga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt nashri Zafarmurodni 600 ming evroga baholagan.



