"Neftchi" muxlislari diqqatiga!

Narzulla Saydullayev
5 fev 2022
Hurmatli "Neftchi" futbol klubi muxlislari! Sizlarga RASMIY fan klub a'zoligi uchun hujjatlar qabul qilish boshlanganligini ma'lum qilamiz.


Zaruriy hujjatlar:

- Pasport nusxasi 2 dona.
- 3x4 hajmdagi 3 dona fotosurat.

Fan klub a'zoligiga qo'shilish BEPUL!

Rasmiy fan klub a'zosiga maxsus beyjik, futbolka, kepka va sharf taqdim etiladi va siz ushbu beyjik orqali "Neftchi" ishtirokidagi o'yinlarga bepul kirish imkoniyatiga ega bo'lasiz va jamoaning uy-safar uchrashuvlarini bevosita stadiondan tomosha qilasiz.

Shoshiling! Fan klub a'zoligiga joylar soni chegaralangan. Hujjatlarni fan-klub rasmiy vakillariga topshirishingiz so'raladi.

Murojaat uchun tel:
+998938746996 Farg'ona
+998902720676 Farg'ona
+998933715555 Marg'ilon


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz