"Neftchi": Murodjon Ismoilov - “Neftchi” bosh murabbiyi, Memet ishdan ketdi

Narzulla Saydullayev
3 yanv 2014, 17:18
Yangi yilni “Neftchi” muxlislari yaxshi xabar bilan qarshi olishdi.
Bugun jamoa bazasida “Neftchi” PFK boshqaruv kengashining yig'ilishi bo'lib o'tdi. Klub rahbariyati, murabbiylar shtabi va futbolchilar  ishtirok etgan majlisda  shu kunga qadar “Paxtakor”  bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelgan Murodjon Ismoilov rasman “Neftchi” bosh murabbiyi etib tayinlandi. “Neftchi” maslahatchi murabbiyi Amet Memet bilan esa xayrlashildi.

Jamoadagi yangiliklarga kelsak, bugungi mashg'ulotda nigeriyalik himoyachi Devid Oniya, Sardor Qobuljonov ishtirok etishdi. Shuningdek, Igor Taran ham bugun klub bazasiga keldi.

Shavkat Raimqulov, Devid Oniya, Sardor Qobuljonov, Jahongir Mehmonov, Igor Taranlar bilan shartnoma imzolandi. Ertangi mashg'ulotda Ro'zimboy Ahmedov, Aleksandr Shadrin, Jahongir Mehmonov, Maksimilian Fomin qatnashishi kutilmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz