"Neftchi": "Lokomotiv" bilan o'yinga Toshkentda tayyorgarlik ko'rilmoqda"

23 okt 2013, 11:00
“Neftchi” jamoasi “Lokomotiv”ga qarshi bo'ladigan uchrashuvga tayyorgarlikni Toshkentda davom ettirmoqda.

Tayyorgarlikning birinchi qismi 19-21 oktyabr kunlari Farg'onada bo'lib o'tdi. Kecha erta tongda futbolchilarimiz poytaxt tomon yo'l olishdi.

Odatga ko'ra, jamoa “Geofizika” qarorgohida istiqomat qiladi. Kecha shuningdek, o'rinbosarlar ham Toshkentga yetib kelishdi.  Shuni aytish joizki, hozir futbolchilarining kayfiyati a'lo darajada ham bo'lajak uchrashuvda yaxshi natija qayd etish hususida bosh qotirmoqda. Eclatib o'tamiz, “Lokomotiv” – “Neftchi” uchrashuvi ertaga soat 15:30 da boshlanadi.                                                                        


Manba: fcneftchi.uz