
Jamoa kecha o'z qarorgohida yig'ildi. Rejaga ko'ra ikki hafta davomida yig'in Farg'onada olib boriladi. Tarkibdagi yangilardan Otabek Haydarovni aytish mumkin. Iqtidorli hujumchi oxirgi yillarda “Qo'qon-1912”da o'ynab kelayotgandi.
Shuningdek “Paxtakor” a'zolari bo'lgan Abbos Maxstaliev bilan Muhsin Ubaydullaevning ham yaqin kunlarda tarkibga kelib qo'shilishi kutilmoqda. Aytish lozimki, Ubaydullaev farg'onalik futbolchi hisoblanadi.
Bundan tashqari tarkibdagi raqobatni oshirish maqsadida yana bir nechta futbolchilar bilan muzokara olib borilmoqda.