“Neftchi” bugun Turkiyada navbatdagi nazorat bahsini o'tkazadi

Eldor Akmurzayev
2 fev 2022
Ayni damda Turkiya yig'inida bo'lib turgan "Neftchi" futbol klubining tayyorgarlik jarayoni doirasida rejaga kiritilgan nazorat-sinov bahslarini o'tkazish yuzasidan ma'lumot berilgandi.

Bugun ushbu rejadan o'rin olgan ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkaziladi. "LIMAK SPORTS" futbol markazining o'yingohida bo'lib o'tadigan o'rtoqlik bahsida jamoa Rossiyaning "Fakel" (Voronej) klubi bilan kuch sinashadi. 

Eslatib o'tamiz, "Neftchi" -"Fakel" o'yini soat 17:30 (Toshkent vaqti bilan 19:30) da boshlanadi. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ПФК "Нефтчи" матбуот хизмати