"Neftchi" - "Andijon" o'yinida urilgan golni bekor qilgan yordamchi hakam xatoga yo'l qo'ygan - uchrashuv nazoratchisi

Оқил Абдубарноев
1 sen 2023, 00:05
Coca Cola Superligasining 18-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Andijon" uchrashuvida urilgan gol hisoblanishi lozim edi.

Bellashuvda mezbonlar bir bor raqib darvozasini ishg'ol qildi, biroq bu gol ofsayd sababli bekor qilindi. Vaziyatni o'rganib chiqqan uchrashuv nazoratchisi bu holatda birinchi yordamchi hakam (Sardor Nishonboev)ni aybdor deb topdi va unga qoniqarsiz baho qo'yganini tasdiqladi.

VIDEO

Ushbu hakamni chetlatish masalasi esa Hakamlar qo'mitasiga oshirildi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Ўзбекистон футбол ҳакамлари маркази