

Vitaliy Levchenko shogirdlari garchi hisobda oldinga chiqib olgan bo'lsada yakunda o'z darvozalaridan to'p olib chiqishga majbur bo'lishdi. O'yin esa 1:1 natijasi bilan yakunlandi. "Neftchi" Superliga doirasida oxirgi marotaba 14 yil oldin 2011 yilgi mavsumda "Buxoro"ni mehmonda taslim qilgandi. Keyingi 9ta bahsning 4tasi durang, 5tasi mezbonlarning g'alabasi bilan yakunlandi. Jamoalarning Buxoroda o'tgan ketma-ket 3 ta o'yinida durang qayd etildi (1:1, 2:2, 0:0).
Oldinda farg'onaliklarni 2 ta muhim bahs kutmoqda, 22 noyabr kuni jamoa "Qizilqum"ni qabul qilsa, 29 noyabr kuni safarda "Xorazm"ga qarshi maydonga chiqadi. "Buxoro" 19 noyabrda G'uzorda "Sho'rtan" bilan kuch sinashadi, mavsumni uyda "Surxon"ga qarshi o'yin bilan yakunlaydi.



