Nazorat uchrashuvi. "Nasaf" - Qozog'iston U-22 - 3:2 yoxud Tarandan xet-trik

Narzulla Saydullayev
17 yanv 2014, 22:41
Turkiyada yig'in olib borayotgan Qarshiing "Nasaf" klubi bugun navbatdagi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.
Raqib Qozog'iston olimpiya terma jamoasi bo'ldi. Uchrashuvda "Nasaf" 3:2 hisobida zafar quchdi. Bu haqda "Nasaf" klubi rasmiy tvitteri xabar berdi.

E'tiborlisi "ajdarlar" safidagi barcha gollarni Igor Taran raqib darvozasiga kiritgan.

Ro'ziqul Berdiev jamoasi bunga qadar "Kukesi" (Albaniya) va "Shaxtyor" (Qozog'iston) klublariga qarshi nazorat uchrashuvlarini o'tkazib ikkita g'alabaga erishgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia