Nazorat o'yini. “Neftchi” (yoshlar) – “Norin” 1:1

Narzulla Saydullayev
6 okt 2018, 15:37
Abdusamad Do'rmonov murabbiylik qilayotgan "Neftchi" yoshlar jamoasi bugun Pro-liga vakili “Norin”ga qarshi nazorat bahsida ishtirok etdi. O'yinda kuchlar teng keldi - 1:1.

 Birinchi bo'limda Botir Mamasidiqov yuzaga kelgan xavfli vaziyatdan unumli foydalanib hisobni ochdi. 1:0. Ikkinchi bo'lim yakunlanib borayotganda mehmonlar hisobni tenglashtirishga erishdilar.


“Neftchi” murabbiylari o'rtoqlik bahsida quyidagi tarkibdan foydalandilar

Asosiy tarkib: Shuhrat Rahmonov, Dilyor Irmatov, Jamshid Qobulov, Mirjamol Ne'matov, Muxammad Aziz Obidjonov, Shaxzodbek Usmonov, Olloyor Solijonov, Elamon Karimov, Ibod Abelfazov,  Botir Mamasidiqov, Nodirbek To'lanov

Ikkinchi bo'limda maydonga tushganlar: Farrux Turdaliev, Abdujalil Manazarov, Bobur Isroilov, Xurshid Asqaraliev, Shodiyor Xojimatov, Doston Rashidov

“Neftchi” matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz