“Neftchi”ning sobiq futbolchisi Hindiston chempionatiga yo'l olishi mumkin

Narzulla Saydullayev
10 sen 2021, 12:58
“Neftchi”, “Istiqlol”, “Mashal”, “Norin” singari klublarda to'p tepgan yarim himoyachi Eldor Ergashev legionerga aylanishi mumkin.

Olgan ma'lumotlarimizga qaraganda, Ergashev xizmatiga Hindiston I ligasi ishtirokchisi bo'lgan “Aizavl” qiziqish bildirmoqda. Tomonlar ayni vaqtda kelishuv bo'yicha muzokara o'tkazishmoqda.

Eslatib o'tamiz, Ergashev “Rubin” klubida bir muddat to'p tepgan edi. Shundan so'ng ushbu klub Birinchi liga musobaqalaridan chetlatildi va ko'plab futbolchilar jamoasiz qolgan edi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia