Nazorat bahsi. OKMK - "Dechich" 2:2

Aslanov Jasurbek
11 fev 2026
Olmaliqning OKMK jamoasi Turkiyadagi o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasida navbatdagi nazorat bahsida maydonga tushdi.

Mirjalol Qosimov shogirdlari Chernogoriyaning "Dechich" klubi bilan jangovar durang qayd etishdi.


Nazorat uchrashuvi. Antaliya

OKMK (O'zbekiston) - "Dechich" (Chernogoriya) - 2:2

Gollar: Ali Abdurahmonov 48' (1:1), Rian Islomov 79' (2:2).

Uchrashuv davomida olmaliqliklar ikki bor hisobda ortda borib, yakunda muvozanatni tiklashga muvaffaq bo'lishdi. Ayniqsa, Ali Abdurahmonov va yosh iqtidor egasi Rian Islomovning gollari jamoaning irodasini namoyish etdi. OKMK matbuot xizmati bahs uchun tarkibni e'lon qilmadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ОКМК матбуот хизмати