Naynggolan uzr so'radi

Aslanov Jasurbek
2 yanv 2018, 16:40
"Roma" yarim himoyachisi Raja Naynggolan uchun 2018 yil muammolar bilan boshlandi.

Belgiyalik futbolchi Yangi yilni do'stlari davrasida kutib oldi. U bayram payti ijtimoiy tarmoqlarning birida videotranslyatsiya uyushtirdi.

Futbolchi translyatsiya vaqtida spirtli ichimlik ichib, og'ziga kelgan bemani gaplarni aytdi. Keyinroq ushbu video o'chirib tashlandi.

29 yoshli Naynggolan ushbu voqeadan bir necha soat o'tib o'zini tutishi uchun uzr so'radi.

"Bu qilig'im uchun hammadan kechirim so'rayman" - deydi Naynggolan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Stampa