Naynggolan 100 ming evro jarima to'laydi

Aslanov Jasurbek
4 yanv 2018
"Roma" yarim himoyachisi Raja Naynggolan ijtimoiy tarmoqdagi jonli videoefiri uchun jazolanadi.

Belgiyalik futbolchi Yangi yilni do'stlari davrasida kutib oldi. U bayram payti ijtimoiy tarmoqlarning birida videotranslyatsiya uyushtirdi.

Futbolchi translyatsiya vaqtida spirtli ichimlik ichib, og'ziga kelgan bemani gaplarni aytdi. Keyinroq ushbu video o'chirib tashlandi.

29 yoshli Naynggolan ushbu voqeadan bir necha soat o'tib o'zini tutishi uchun uzr so'radi.

Shunsha qaramasdan, Naynggolan 100 ming evro jarima to'laydi. Xavbek "Atalanta"ga qarshi bahsda ham maydonga tushmaydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Corriere dello Sport