Navbatdagi "el-klassiko" sanasi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
28 fev 2018
LaLiganing ikkinchi davra o'yinlaridan joy olgan "El-Klassiko" sanasi aniq bo'ldi.

Ikki ispan grandi "Barselona" hamda "Real" o'rtasidagi bahs 6 may kuni Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi.

Shimoliy Amerikadagi muxlislar ham uchrashuvni tomosha qilishi uchun shunday vaqt belgilandi. Avvalgi "el-klassiko" Osiyo vaqtini hisobga olib, kunduzi o'tkazilgan edi.

Ispan futbolidagi grandlar to'qnashuvi hech narsani hal qilmasligi mumkin, chunki "Barselona" va "Real" o'rtasidagi farq 14 ochko.

LaLiga turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: football.ua