"Navbahor"ning rejalari katta: Qishki transfer oynasida "Nasaf"dan 3 futbolchini xarid qilmoqchi

12 noya 2019, 11:57
Namanganning "Navbahor" klubi Qarshining "Nasaf" jamoasidan futbolchi transfer qilishni rejalashtirgan.

Kelasi mavsumda tarkibni butkul yangilab, keskin kuchaytirishni maqsad qilayotgan "Navbahor" "Nasaf"ga 3 futbolchining transfer masalasi bo'yicha rasman murojaat qilgan.

Ayni paytda "Navbahor" "Nasaf"ning o'ng qanot himoyachisi Dilshod Saitov, yarim himoyachi Islom Rashidxonov hamda qanot vingeri Islom Kenjaboevning transferi bo'yicha so'rov yuborishgan. 

Shuningdek, "Navbahor" yana qator yosh iqtidorli va tajribali futbolchilar orqali kelasi mavsum uchun tarkibni kuchaytirishni rejalashtirgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia