"Navbahor"ning mag'lubiyatsiz seriyasi 10ta o'yinga etdi

Mirjalol Normatov
4 avg 2023, 22:37
Coca Cola Superligasining 15-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Navbahor" (1:1) uchrashuvi yakunlandi.

Mazkur uchrashuvda durang o'ynagan Samvel Babayan shogirdlarining chempionatdagi mag'lubiyatsiz seriyasi 10 ta o'yinga etdi.

Namanganliklar oxirgi marta aprel oyida OKMKga imkoniyatni boy bergandi. 

Eslatib o'tamiz, "Navbahor" o'tgan mavsum ham ketma-ket 14 o'yinda yutqazmagandi.

"Lochinlar" Surperliga doirasidagi navbatdagi bellashuvini "Paxtakor"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia