“Navbahor”ni rasman hech kim tark etmagan

Narzulla Saydullayev
23 iyun 2017, 14:11
So'nggi paytlarda “Navbahor”ni ayrim futbolchilar tark etganligi haqidagi turli xil gap-so'zlar paydo bo'ldi.

Bu kabi gap-so'zlarga jamoani rasman hech bir futbolchi tark etmaganligini ma'lum qilamiz. Ayrim o'yinchilar hozirda jamoa bilan birga emasligiga esa turli sabablar bor. Jamoa bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov bazi futbolchilar oilaviy sababga ko'ra ayrimlari esa betobliklari sababli tarkibda emasliklarini bildirdi.

Shu o'rinda davralar oralig'ida tarkibda bir qator o'zgarishlar ro'y berishini etirof etish joiz. Birinchi davraning so'nggi uchrashuvi yakuniga etgach “Navbahor”dan kimlarni ketishi va kimlarni jamoada qolishiga oydinlik kiritiladi. Aynan shundan keyin jamoa bilan qaysi futbolchilarni rasman xayrlashganliklari va ularning o'rniga kelishi mumkin bo'lgan o'yinchilar haqida ma'lumot beramiz.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz