"Navbahor": Yoshlarimiz ertaga tibbiy ko'rikdan o'tishadi

Narzulla Saydullayev
26 yanv 2017, 17:11
Mavsumga tayyorgarlikni Namanganda davom ettirayotgan "Navbahor" yoshlari ertaga Toshkentda Respublika sport tibbiyoti ilmiy amaliy markazida tibbiy ko'rikdan o'tishadi.

Avval xabar berganimizdek, yoshlar 27 yanvar kuni Farg'onada start olgan “Hokim kubogi”dagi ishtiroklarini boshlashlari lozim edi. Jamoa a'zolarini tibbiy ko'rikdan o'tishlari sababli Qirg'izistonning “Oloy” klubiga qarshi o'yin keyinroq muddatga qoldirildi. Futbolchilar turnirdagi dastlabki uchrashuvni 29 yanvar kuni Farg'onaning “Istiqlol” jamoasiga qarshi o'tkazishadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz