“Navbahor” xodimi stadion texnik hududida "sigaret" chekkani uchun 1 million jarima to'laydi

Narzulla Saydullayev
4 avg 2018, 19:22
Superliga 20-tur uchrashuvlari doirasidan o'rin olgan “Neftchi” – “Navbahor” uchrashuvi tanaffusi vaqtida “Navbahor” futbol klubi fotomuxbiri Ilhom Iminov texnik hududda tamaki istemol qilgani o'yin komissari tomonidan qayd etilgan.

Musobaqalar Reglamentining 3-qism 3.9 bandi hamda intizomiy va jarimalar kodeksining 2-qism 5.37 bandini qo'pol ravishda buzgani uchun “Navbahor” futbol klubi fotomuxbiri Ilhom Iminov rasmiy uchrashuv payti “Istiqlol” stadioni texnik hududida tamaki maxsuloti istemol qilgani sababli 1 million so'm miqdorida jarimaga tortildi.  

Sog'lom turmush tarzi targ'ib etiladigan sport tadbirlari vaqtida stadion texnik hududida tamaki istemol qilish nojoizdir.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz