"Navbahor" va "Dinamo" revanshga tayyormi?

Coca-Cola Superliganing 3-turi davom etyapti.

"Paxtakor" "Toshkent derbisi"da ochko yo'qotdi. Bugun esa shiddatli o'tishi kutilayotgan yana 2 ta bahs bor...

"Qo'qon-1912" Namanganda mehmon bo'ladi

Vodiy jamoalari o'rtasidagi derbilar har doim shiddatli ruhda kechgan. Klublarning ayni paytdagi holatiga nazar solinsa, "Navbahor" so'nggi yillarda "Qo'qon-1912" ustidan dominantlik qilgandek hayol paydo bo'ladi. Aslida-chi?

So'nggi 10 o'yinga qarasak, ustunlik qo'qonliklar tomonda ekani ma'lum bo'ladi - 4:2 (+4 durang).

Jamoalar o'rtasidagi oxirgi o'yin ham Baxtiyor Ashurmatov shogirdlarining foydasiga hal bo'lgandi (2:3). Shu tufayli bugun Samvel Babayan boshqaruviga o'tgan "lochinlar" Ashurmatovsiz "shunqorlar"dan revansh olib ko'rishga harakat qilib ko'radi.

Fakt: So'nggi o'yinda gol urgan 5 o'yinchininng hammasi boshqa jamoalar safiga o'tib ketdi. Naydenov Chernogoriyaning "Iskra"siga, G'ulomov "Neftchi", Muhammadanas "Loko"ga o'tdi, Norbekov "Metallurg" qaytgan bo'lsa, Sidorov Qo'qondan Namanganga ko'chdi.

Bugungi bellashuvda Rahimbek Karimov boshchiligidagi boshchiligidagi hakamlar brigadasi ishlaydi. "Qo'qon-1912" mazkur referi boshqargan o'yinlarda hech qachon g'alaba qilmagan (2tadan durang va mag'lubiyat).

Ammo, "lochinlar" uchun omadsiz anana ham bor. Jamoalar bunga qadar mart oyida 3 bor to'qnash kelishgan va ularning hech biri "Navbahor" foydasiga hal bo'lmagan (1 durang, 2 mag'lubiyat).

Vanihoyat, bugungi bahsda shiddatni kafolatlaydigan oxirgi fakt: "Navbahor" va "Qo'qon-1912" klublari o'rtasida o'tgan 32 uchrashuvning barchasida gol urilgan. Umid qilamizki, bu anana yana davom etadi.

"Qizilqum" Samarqandga boradi

Mazkur bahs natijasi ham muhim. "Dinamo" mavsumdagi ilk ochkosini ishlash imkoniyatiga ega bo'lsa, mehmonlar musobaqa peshqadamiga aylanish uchun harakat qilib ko'rishadi.

"Dinamo" ayni paytda liganing gol urishga ulgurmagan yagona klubi bo'lib turibdi. Yangilangan "Qizilqum" esa dastlabki turlarda poytaxtning 2 vakilini engdi. 

O'zaro to'qnashuvlardagi ustunlik Navoiy klubi tomonda - 16:10 (10 durang). "Dinamo" 8 yildan beri "Qizilqum"ni engolmayapti. "Konchilar" 2 turdan keyin eng sermahsul jamoa (5 gol) bo'lsa, samarqandliklar barchadan ko'proq gol o'tkazib yuborgan klublar qatorini band qilib turibdi.

Uchrashuvda Najafaliev boshchiligidagi hakamlar guruhi ishlaydi. Qiziq jihati, so'nggi paytlarda Asker boshqarayotgan o'yinlarning barchasi durang natija bilan yakunlanmoqda.

Bu jamoalar o'rtasida 2019 yilda o'tkazilgan oxirgi o'yinda navoiyliklar 3 ochkolik bo'lishgandi (2:1).

"Ajdarlar" tarkibidagi Sher haqida


Manba: championat.asia

O'xshash yangiliklar