"Navbahor" Turkiyaga yetib bordi

Narzulla Saydullayev
3 fev 2021
“Navbahor” delegaciyasi navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazish uchun Toshkent – Istanbul havo yo'nalishidagi samolyotda Turkiyaga yetib bordi.



                               

"Navbahor" a'zolari Turkiyaning Antaliya shahrida 18 fevralgacha yig'in o'tkazib, bir qator nazorat-sinov bahslarida maydonga tushishni rejalashtirishgan.

“Lochinlar”ning o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazadigan sparring-raqiblari qatoridan Rossiya va Armaniston jamoalari ham o'rin olgan.

“Navbahor”ning Turkiyaga jo'nab ketgan delegaciyasi tarkibi quyidagicha:

Bosh murabbiy: No'mon Hasanov;

Murabbiylar: Drajen Dukich, Sherzod Jo'raev, Denis Toymencov, Pavel Sinelnikov;

Texnik direktor: Mustafo Bayramov;

Shifokor: Jahongir Nuritdinov;

Massajchilar: Bahodir Toshbekov, Jaloliddin Umarov;

Video-operator: Ilhom Iminov;

Mamurlar: Abror Karimov, Abdurauf G'ulomov; 


Darvozabonlar: O'tkir Yusupov, Rahimjon Davronov, Islomjon Abdullaxonov;

Himoyachilar: Mirzohid G'ofurov, Farhod Mirahmatov, Igor Golban, Mirzohid Mirzamahmudov, Davronbek Hoshimov, Xushnudbek Avilov, Shahzodbek Hamidov, Nikola Tasich;

Yarim himoyachilar: Azimjon Ahmedov, Marko Putinkanin, Sardor Telyakov, Bahrom Abdurahimov, Sherzod G'ulomjonov, Abbosjon G'ulomov, Quvondiq Ro'ziev, Ehsoni Panshanbe, Ivan Solovyov, Islombek Isoqjonov;

Hujumchilar: Zabihillo O'rinboev, Shohruh Mahmudhojiev, Yuriy Kolomoec, Husayn Ergashboev, Ilhom Aliboev.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати