Mavsumoldi yig'inni Turkiyada o'tkazayotgan "Navbahor" Yevropada kimlar bilan o'ynashini aniqlab olmoqda.
"Lochinlar" 1 fevral kuni "Rubin" klubi bilan nazorat o'yini o'tkazadi. Yaqindagina Rustamjon Ashurmatov "Navbahor"dan Tatariston jamoasiga ko'chib o'tgan edi. Ushbu transfer jamoalarning o'zaro o'yin o'tkazishida rol o'ynagan bo'lsa ajab emas.