Futbolchilar bugun dastlabki mashg'ulotni yakunlashdi. Shu o'rinda tarkibda ayrim o'zgarishlarni ro'y berganligini etirof etish joiz. Namanganda o'tkazilgan mashg'ulotda qatnashgan himoyachi Ahrol Risqullaevga murabbiylar javob berishdi. Toshkentda esa safga Timur Yafarov, Shavkat Nasibullaev va Elyor Jahonov qo'shilishdi. Yafarov o'tgan mavsumning ikkinchi qismini “Navbahor”da o'tkazganidan xabaringiz bor. Nasibullaev hamda Jahonov ham jamoaga begona emaslar. Ushbu futbolchilar faoliyatlari davomida “Navbahor”da to'p surishga ulgurishgan. Nasibullaev 2013 yilgi chempionatni “Neftchi”, Jahonov esa “Guliston”da o'tkazgandi. Toshkentdagi yig'in davomida tarkibda yana yangi o'yinchilar qo'shiladi.
Jamoa Toshkentdagi dastlabki yig'in davomida o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishni rejalashtirgan. Xususan, 29 yanvar kuni "Navbahor" Bekobodning “Metallurg” klubi bilan bahs olib boradi. 2 fevralda esa Muborakning “Mashal” jamoasiga qarshi o'yin bo'lib o'tadi. Poytaxtda o'tadigan mashg'ulotlarning dastlabki qismi 2 fevral kuni yakunlanadi. Jamoa a'zolariga ikki kunlik tatil e'lon qilingach, mashg'ulotlar yana poytaxtda davom ettiriladi. Yig'in davomida “Navbahor” PFL kubogida ishtirok etadi.