"Navbahor": "To'rt futbolchi o'rinbosarlar tarkibiga o'tkazildi"

Narzulla Saydullayev
7 sen 2013, 23:01
14 sentyabr kuni O'zbekiston chempionatining 18-turidan o'rin olgan "Buxoro"ga qarshi bo'lib o'tadi. 3-sentyabrdan buyon jamoa murabbiylar shtabi kuniga ikki maxaldan mashg'ulot o'tkazib kelmoqda.
Bugungi mashg'ulotda Ayubxon Gapparov betobligi bois ishtirok etolmagan bo'lsa, Akram Baxriddinov noma'lum sababga ko'ra jamoa qarorgohiga kelmadi. Shuningdek Sobir Hamidov, Abdurazzoq Jo'raev, Abdulaziz Sultonov va Abdumalik Abdullaevlar o'rinbosarlar tarkibiga o'tkazilgani uchun mashg'ulotda ko'rinishmadi. Jahongir Mehmonov oyog'ida biroz jaroxati borligi tufayli yakka tartibda engil mashqlar bajardi. Shu sababli himoyachini 9 sentyabr kungi "Paxtakor"ga qarshi nazorat o'yiniga jalb etmaslikka qaror qilindi. Darvozabon Pavel Leus ham Toshkentga bormaydigan bo'ldi. "Sherlar" bilan bellashuv Qibrayda o'tkaziladi. Ertaga soat 16.00 da "Navbahor" yo'lga otlanadi.  

Bugungi mashg'ulot uzoq masofadan to'pni aniq oshirish ustida ishlashdan boshlandi. So'ngra tarkib ikkiga bo'linib, qisqacha ikki taymdan o'yin o'tkazishdi. Bellashuvda sariq libosli tarkib 5:2 hisobi bilan zafar quchdi. Aleksandr Lupashkoning xet-trigi va Ro'zim Ahmedovning dubli "Sariqlar"ga g'alaba keltirdi. "Qizillar"dan esa A'zam Aliev va ikkinchi bo'limda "qizillar"ga qo'shilib olgan darvozabon Viktor Mochalovlar gol urishga muvaffaq bo'ldilar.

"Sariqlar": Viktor Mochalov, (Islom Jo'raev ikkinchi bo'limda) Botir To'raboev, Qahramon Mahammadjonov, Timur Sultonov, Islom Ismoilov, Azim Ahmedov, G'ayrat Jo'raev, Aleksandr Lupashko, Ro'zim Ahmedov.
"Qizillar": Pavel Leus, Rustam A'zamov, Timur Yafarov, Durbek Umaraliev, Bilol Sharofutdinov, A'zam Aliev, Oyatullo Muxitdinov, Sohib Abdullaev.
Gollar: Aliev, (0:1). Lupashko, (1:1). R.Ahmedov, (2:1). Mochalov, (2:2). Lupashko, (3:2). Lupashko, (4:2). R. Axmedov, (5:2)

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz