

Avgust oyining dastlabki kunlarida Sangadjiev bilan o'zaro bir yillik shartnoma imzolangandi. Shu sababli, futbolchini ikkinchi davra oldidan PFLdan ro'yxatdan o'tkazilgandi. Ayrim xujjat ishlari yakuniga etmaganligi sababli Sangadjiev oldingi turlarda ishtirok eta olmagandi. Shu o'rinda jamoaga chaqirilgan gonduraslik va kosta rikalik futbolchilarni “Navbahor” a'zosiga aylanishlari amalga oshmaganligini ham qo'shimcha qilish joiz.



