"Navbahor" rossiyalik futbolchi bilan shartnoma tuzdi
Narzulla Saydullayev
18 avg 2016, 10:51
Namanganning "Navbahor" klubi ikkinchi davra oldidan o'z safiga rossiyalik futbolchini qo'shib oldi.
1996 yilda tug'ilgan yarim himoyachi Dordji Sangadjiev PFLdan "Navbahor" futbolchisi sifatida ro'yxatdan o'tkazildi. Hozircha futbolchi "lochinlar" safida maydonga tushgani yo'q.