"Navbahor" qizil, "Paxtakor" oq rangli formada o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
28 iyul 2018, 09:31
Superliga 19-turi doirasida Namanganning “Navbahor” klubi o'z maydonida Toshkentning “Paxtakor” jamoasini qabul qiladi.

Mazkur o'yin oldidan har ikki jamoa mutasaddilari, shuningdek, uchrashuv komissari Mamur Saidqosimov ishtirokida yig'ilish o'tkazildi. Unda bo'lajak o'yinga oid bir qator masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, jamoalarning uchrashuvda qanday rangdagi liboslarda maydonga tushishlari ham ma'lum bo'ldi. Unga ko'ra, bo'lajak bahsda “Navbahor” futbolchilari qizil, “Paxtakor” vakillari esa oq rangli futbolkalarda  maydonga tushadigan bo'lishdi.

Eslatib o'tamiz, “Navbahor” – “Paxtakor” uchrashuvi “Markaziy” o'yingohda soat 20:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz